Biz yuk olamiz, haydovchilaringiz bilan kechayu kunduz aloqada bo‘lamiz va Amazon Relay performansingizni himoya qilamiz. Sizda esa kompaniyani rivojlantirishga vaqt qoladi.
Dispetcherlar, updaterlar va menejerlar traklaringiz bilan bitta jamoa bo‘lib ishlaydi. Nima bo‘layotganini ko‘rib turasiz, ortidan yugurishingiz shart emas.
Amazon Relay, eng yaxshi load boardlar va o‘z broker aloqalarimiz orqali yuk olamiz. Har bir mil uchun eng yaxshi narxni savdolashib olamiz.
Updaterlarimiz haydovchilaringiz va brokerlar bilan 24 soat aloqada, shuning uchun yo‘ldagi muammolar tez hal bo‘ladi.
Asosiy ko‘rsatkichlaringizni har kuni kuzatamiz, xavfni oldindan ko‘ramiz va performansingizni himoya qilish uchun disputlarni o‘z vaqtida topshiramiz.
Uskunangiz va performansingizga mos dedicated lane bo‘lsa, uni olishga yordam beramiz. Bu har hafta barqaror ish degani.
Haftalik to‘lov ham, boshlash uchun to‘lov ham yo‘q. Traklaringiz pul topsagina biz ham topamiz.
Qo‘ng‘iroq so‘rash| 1 yoki 2 ta trak | 4% |
|---|---|
| 3 ta va undan ko‘p trak | 3% |
Traklaringiz, haydovchilaringiz va qancha topmoqchi ekaningiz haqida qisqa qo‘ng‘iroq. Shartlarimizni darhol aytamiz.
Akkauntlaringizga ulanamiz, haydovchilaringiz bilan tanishamiz va hisobotlarni qanday olishni kelishamiz.
Dispetcher yuk oladi, updaterlar har bir reysni kuzatadi, menejer esa siz bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
Hyper Dispatch Portal Trucking LLC uchun ajoyib hamkor bo‘ldi. Ularning 24/7 dispatch xizmati traklarimizni to‘xtovsiz harakatda ushlab turadi, aloqa esa doim aniq va ishonchli. Yuklar bilan samarali ishlashadi, muammolarni tez hal qilishadi va haydovchilarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi.
Bu yigitlar bilan 2 yildan beri ishlaymiz. Ikki yil davomida performansimizni A+ 100% darajasida ushlab kelishdi. Qiyin vaziyatlarda doim oson va tez yo‘l topishadi. Hyper Dispatch to‘g‘ri tanlov: a’lo sifat, intizom, ishonchlilik va mas’uliyat.
Bu kompaniya bilan uzoq vaqtdan, taxminan 3 yildan beri ishlayman. Xizmatlari juda sifatli, ishlari shaffof. Menejmenti yaxshi, o‘zlari juda yaxshi va samimiy insonlar. Ularga hurmat va minnatdorchilik bildiraman.
Hyper Dispatch jamoasi bilan birga ishlayotganimga 2 yil bo‘ldi. Yaxshi servis ko‘rsatib kelishyapti, updatelar o‘z vaqtida, yuklarni maksimal narxda olishadi. Ishga juda puxta qarashadi. Hamkorligimizdan mamnunman.
Professional yondashuv, tez javob, tafsilotlarga e’tibor va bozorni chinakam bilish. Ziddiyatli vaziyatlarni oldindan ko‘ra olishadi. To‘liq mas’uliyat bilan aytaman: bu kompaniya dispetcherlik ishida yetakchi. Albatta tavsiya qilaman.
O‘z MC raqamingiz bo‘lishi shart emas. Biz dispatch qilayotgan carrier kompaniya ostida ishlaysiz va trakingiz bilan butun flotlarni yuritadigan o‘sha jamoa ishlaydi.
Rasmiylashtirish odatda 1–2 kun oladi. Raqamingizni qoldiring, kompaniya haqida va qanday boshlashni aytib beramiz.
Qanday ishlashini ko‘rishYaxshi to‘lanadigan yuklarni olish uchun Amazon Relay, eng yaxshi load boardlar va o‘z brokerlar tarmog‘imizdan foydalanamiz.
Birinchi navbatda Amazon Relay. Undan keyin Schneider, J.B. Hunt, FedEx kabi yirik street brokerlar va boshqalar.
Ha. Amazon Relayda har kuni ishlaymiz va bozor beradigan eng yaxshi narxni olish uchun brokerlar bilan savdolashamiz.
Amazon Relay yuklari bo‘yicha ha: dispatch ham, update ham 24/7. Street yuklar bo‘yicha haydovchilarni 24/7 update qilamiz, yuklarni esa ish vaqtida olamiz.
Ha. Ko‘rsatkichlaringizni har kuni tekshiramiz, disputlarni o‘z vaqtida topshiramiz va ballaringiz hamda pulingizni himoya qilish uchun Amazon support bilan ishlaymiz.
Ha. Dedicated lanelar mavjud bo‘lganda, uskuna turi va performansga qarab ularni olishga yordam beramiz.
Power Only va Dry Van.
Biz dispatch qiladigan kompaniyalarga tez-tez haydovchi kerak bo‘ladi. Ma’lumotlaringizni qoldiring, sizni bog‘laymiz.
Qo‘ng‘iroq qiling, Telegramda yozing yoki raqamingizni qoldiring. O‘zbek, rus va ingliz tillarida gaplashamiz.